O‘zbekiston–Xitoy ilmiy hamkorligi yangi bosqichda

O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga Xitoy Milliy Tabiiy fanlar jamg‘armasi (NSFC) prezidenti o‘rinbosari Szian Sun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 

 

Mehmonlarni O‘zR FA prezidenti, akademik Shavkat Ayupov, vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev hamda Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Ilhom Sodiqov kutib oldi.

Tashrifdan asosiy maqsad — ilmiy tadqiqotlar sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish. 

Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

Ma’lumot uchun: NSFC 1986-yil 14-fevralda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyda fundamental tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi yetakchi tashkilot hisoblanadi. Jamg‘arma nafaqat ilmiy izlanishlarni, balki iste’dodlarni rivojlantirish, infratuzilmani mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.