Joriy yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan O'zbekiston va Tojikiston olimlarining ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada uchta asosiy yo'nalish bo'yicha joriy ilmiy tadqiqotlar va loyihalar natijalari taqdim etiladi:
Fizika, matematika va texnika fanlari
— Sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar
— Yadro texnologiyalari
— Seysmologiya va muhandislik tadqiqotlari
Tabiiy fanlar
— Biotexnologiya va tibbiyot
— Immunogenetika
— Qishloq xo'jaligi va ekologiya
Ijtimoiy va gumanitar fanlar
— Markaziy Osiyo tarixi va antropologiyasi
— Til va adabiyot
— Madaniy va qo'lyozma merosi