O'zbekiston tarixi davlat muzeyida “Bobo Naqqosh uslubi” ko‘rgazmasi ochildi

13-aprel kuni O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Tirik meros va madaniy faoliyat bosh boshqarmasi va GESKODER hamkorligida "Merosning yo‘lchilari - Bobo Naqqosh izidan. Bobonaqqosh uslubi" ko'rgazmasi ochildi.

 

 

Loyiha Jale Yavuz rahbarligida amalga oshirilgan bo‘lib, unda 32 nafar rassom ishtirok etadi. Ushbu asarlar orqali XV asrda yashab ijod qilgan Bobo Naqqoshning rang va kompozitsiya an’analari qayta jonlantiriladi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — Bobo Naqqoshning boy san’at merosini uning vatani O‘zbekistonda qayta tanitish, ushbu an’analarni bugungi kun san’ati bilan uyg‘unlashtirish hamda keng jamoatchilikka taqdim etishdan iborat.