Oʼzbekiston Respublikаsi Fаnlаr аkаdemiyasi Oʼzbek tili, аdаbiyoti vа folklori instituti аxborot xаti

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 223-sonli qaroriga muvofiq Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Аlisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi hamkorlikda 2022-yil 12-dekabr kuni soat 10:00 da OʼzR FА akademigi, fan arbobi Naim Karimovning 90 yilligi munosabati bilan “Oʼzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman oflayn-onlayn tarzda oʼtkaziladi.

Аnjumanda mamlakatimiz va xorijdagi sohaning yetuk mutaxassislari, olimlar, professor-oʼqituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqodchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar oʼz maqola va tezislari bilan ishtiroq etishi mumkin.

 

ILMIY-NАZАRIY АNJUMАN IShINING YOʼNАLIShLАRI:

1. Naim Karimovning ilmiy ijodi va uning ahamiyati;

2. Jadid adabiyotini oʼrganish masalalari;

3. XX asr adabiyotiga nazariy yondashuv va metodlar;

4. Yangi oʼzbek nasri tahlili va talqindagi turfaliklar;

5. Yangi oʼzbek sheʼriyati: mavzu va muammo;

6. Oʼzbek adabiyoti: tadqiq va talqin;

7. Аdabiyot nazariyasi va adabiy tanqid masalalari;

8. Аdabiy aloqalar va tarjimashunoslik.

 

MАQOLА VА TEZISLАR MАTNIGА TАLАBLАR:

Аnjuman oʼz ishini oʼzbek tilida olib boradi. Taqdim etiladigan maqolalarga qoʼyiladigan talablar:

Anjumanga taqdim etilayotgan maʼruzalar dolzarb muammolar yechimiga bagʼishlangan yoki muhim amaliy ahamiyatga ega boʼlgan masalalarni oʼz ichiga olgan boʼlishi lozim. Maqola hajmi – 5-10 bet boʼlishi, maqola matni doc. formatida, 1,5 intervalda, oʼng tomondan – 30 mm, chap tomondan – 15 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib, Times New Roman 14 kegl shriftda tayyorlanadi; havolalar iqtibos olingan gap ortidan adabiyotlar roʼyxatida keltirilgan familya toʼliq tarzda, ismning bosh harfi yoziladi va roʼyxatdagi raqami keltiriladi, qoʼsh nuqtadan keyin iqtibos olingan sahifa raqami qoʼrsatiladi [Normatov U. 1:18]; maqola nomi 12 soʼzdan ortmasligi; mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirib, qatorning oʼrtasida avtomatik tarzda yozilishi; keyingi qatorga oʼng tomondan tekislab, maʼruzachining familiyasi va ismi, undan keyingi qatorga ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, undan ham keyingi qatorga uning ish joyi va lavozimi yozilishi; (shu oʼrinda tashkilotchilar mualliflar bilan bogʼlanishi uchun telefon raqamlar qoldirilishi lozim) agar mualliflar bir nechta boʼlsa, keyingi mualliflar haqida maʼlumotlar xuddi birinchi muallif haqida berilgan maʼlumot kabi keyingi qatordan beriladi; maqola annotatsiyasi (faqat oʼzbek tilida) maqola matnidan oldin berilishi lozim; annotatsiyadan soʼng kamida 5-7 ta kalit soʼz keltirilishi shart; maqola matni kalit soʼzlardan keyin ikki interval pastdan berilishi kerak. Foydalangan adabiyotlar roʼrxati alifbo tartibida berilishi lozim. Materiallar 2022-yilning 20-oktyabr kuniga qadar +99893-714-86-46 raqamidagi telegram orqali qabul qilinadi. Maqolalardagi maʼlumotlar va ularning ilmiy nazariy asoslanganligi uchun mualliflar masʼul. Kechiktirilgan va talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi va toʼplamga kiritilmaydi.

Anjumanga taqdim etilgan materiallarni mualliflarga elektron toʼplam (PDF) shaklida taqdim etish koʼzda tutilgan.

(Toʼlov shartlari: Anjuman materiallari toʼplami PDF elektron shaklida tayyorlanadi. Maqolaning har bir sahifasiga 10. 000 (oʼn ming) soʼm miqdorida el.nashr puli toʼlanadi). Mualliflarga elektron toʼplam va sertifikat (PDF) berish koʼzda tutilgan.

Anjuman haqida https://t.me/+5-7aL-DVJllhZjgy telegramdagi guruhdan xabardor boʼlib borishingiz mumkin.