Shavkat Mirziyoyev tomonidan mintaqaviy ekologik sammitda ilgari surilgan tashabbuslar amalda o‘z aksini topa boshladi.
Ostona shahrida o‘tgan sammitda davlat rahbari biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni birgalikda ishlab chiqishni taklif qilgan edi. Bu tashabbus nafaqat noyob turlarni ro‘yxatga olish, balki mintaqa davlatlari o‘rtasida samarali ekologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Loyihani muvofiqlashtirishda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ning Toshkentdagi mintaqaviy ofisi muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Ayni paytda amaliy ishlar boshlangan: IUCN vakillari va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti rahbariyati o‘rtasida dastlabki muzokaralar o‘tkazilib, “Qizil kitob”ning konsepsiyasi, tuzilmasi va amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu loyiha:
• yo‘qolib borayotgan turlarni asrab qolish
• ularni muntazam monitoring qilish
• transchegaraviy ekotizimlarni himoya qilish yo‘lida yangi bosqichni boshlab beradi.
Mazkur tashabbus Markaziy Osiyoda ekologik barqarorlikni mustahkamlash, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va global biologik xilma-xillikni saqlashga katta hissa qo‘shadi.