Iqtisodiy o‘qishda 2030-yilgacha mo‘ljallangan islohotlar ijrosi muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida iqtisodiy oʻqish tashkil etildi.
FA prezidenti Shavkat Ayupov tadbirni ochib berib, strategiya maqsadlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmiga toʻxtaldi.

 

 

Iqtisodiy oʻqishda fizika-matematika va texnika, kimyo-biologiya hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlaridagi ilmiy tashkilotlarning amalga oshirgan ishlari va istiqboldagi rejalari tahlil qilindi.
Iqtisodiy oʻqish yakunida “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida belgilangan tegishli topshiriqlar ijrosini barvaqt, toʻliq hamda sifatli bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish lozimligi aytib oʻtildi.