Ilmiy g‘oyadan sanoat yechimigacha: yangi texnologik imkoniyatlar

Mazkur ishlanma respublika real iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan samarali ilmiy yechim hisoblanadi. Shu bilan birga, u ilmiy muassasalarning iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishdagi ishtirokini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professor-o‘qituvchilari hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.

 Foydalanish sohasi:
“Universal valli texnologik mashina” poyabzal, charm-attorlik, mo‘yna va charm mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida keng qo‘llash uchun tavsiya etiladi.

 Vazifasi va afzalliklari:
Mazkur universal valli mashina mo‘yna va charm xom ashyolarini chuqur qayta ishlash jarayonida barcha texnologik operatsiyalarni izchil (ketma-ket) bajarishga mo‘ljallangan.

Uskuna quyidagi texnik va texnologik imkoniyatlarni ta’minlaydi: