Fanlar akademiyasi yosh olimlari muhandislik yo'nalishida "Eng yaxshi g'oya" hamda “Barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi ixtiro” nominatsiyalari bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur tanlov 2025-yilning may–iyul oylarida uch bosqichda tashkil etilib, unda 40 yoshgacha bo‘lgan 1262 nafar iqtidorli yosh muhandis o‘z intellektual salohiyati va yangicha qarashlarini namoyon qildi. Ularning loyihalari innovatsionlik, samaradorlik, amaliy qo‘llash imkoniyati hamda barqaror rivojlanish mezonlari asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra jami 28 nafar g‘olib aniqlandi. Ular orasida Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti ilmiy xodimi, PhD Islom Turdiqulov “Barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasida 1-o'rinni hamda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori (DSc) Vahobjon Quvondiqov muhandislik yo'nalishida "Eng yaxshi g'oya" nominatsiyasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan I.Turdiqulov hamda V.Quvondiqovni Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Kelgusi faoliyatlarida yangidan yangi zafarlar tilaymiz!