Ayni kunlarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdikulova boshchiligidagi delegatsiya Singapurda ilmiy safarda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari genomik texnologiyalar sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan Illumina kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

.jpg)
Mazkur uchrashuv strategik ahamiyatga ega. Hozirning o‘zidayoq hamkorlikda o‘zbek populyatsiyasining “1000 genomi” loyihasi amalga oshirilmoqda — bu esa mamlakatimizda personalizatsiyalashgan tibbiyot rivoji uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Shuningdek, Illumina bilan birgalikda BIOME loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Ushbu loyiha doirasida yurtimizda eng yirik biobank va genom markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida kompaniya rahbariyati bilan mazkur loyihalar atroflicha muhokama qilindi.
Bugungi kunda O‘zbekistonni genomika va biomeditsina yo‘nalishida mintaqaviy markazga aylantirish yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Illumina — bu shunchaki kompaniya emas, balki zamonaviy genomik tibbiyotning asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ularning ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada innovatsion bo‘lib, dunyodagi eng ilg‘or texnologiyalar qatoriga kiradi.