O'zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi olimlar va yosh tadqiqotchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda Fanlar akademiyasining xo‘jalik va moliya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Abduvahob Abdukarimov FA Tadqiqotchilar turar-joyidagi mavjud holatni bevosita o‘rgandi.

Tashrif davomida binoning umumiy holati, xonalardagi qulayliklar va kommunal tizimlarning (issiqlik, suv, elektr energiyasi) sozligi ko'zdan kechirildi, tadqiqotchilar uchun yaratilgan maishiy sharoitlar va ularning sifat darajasi tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.