FA kasaba uyushmasi tashkilotining VII hisobot-saylov konferensiyasi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasida FA kasaba uyushmasi tashkilotining VII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 
Unda boshlang‘ich tashkilotlardan saylangan 67 nafar delegatdan 63 nafari, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.M.Bedilov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar kengashi inspeksiyasi boshlig‘i N.Xasanov, boshlang‘ich tashkilot raislari, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik Sh.Sagdullayev, vitse-prezident Shahlo Turdikulova, Fizika-matematika va texnika fanlari kompleksi rahbari, akademik S.Bahramov, ilmiy tadqoqot-muassasalari direktorlari, akademiklar, Oliy attestatsiya komisisyasi raisi iqtisod fanlari doktori professor A.Yusupov,  Alfraganus universiteti rektori M.Maxmudovlar ishtirok etdilar. Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama qilinib, so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyatini “qoniqarli” deb baholab Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqladilar.

  

Yopiq ovoz berish yuzasidan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga yuqori natija bilan Sherzod Jo‘rayev saylandi.
Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqildi va delegatlar tomonidan tasdiqlandi.
Shuningdek, konfrensiyada Taftish komissiyasi rais etib Mexanika va inshoatlarni seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, texnika fanlari nomzodi Xamidulla Axmedov nomzodi tasdiqlandi.

Yakunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar kengashi konfrensiyasiga va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qurultoyiga delegatlar saylandi.