“EVRIKA–2025” TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Bugun, 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘ibot markazi va “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Renessans” kino uyida yosh olimlar uchun nufuzli “EVRIKA–2025” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur tadbir “Ilm va ijod bayrami” shiori ostida o‘tib, ilm-fan, innovatsiya va ijod sari intilayotgan yoshlar, olimlar hamda tadqiqotchilarni bir sahnada jamladi. Tadbirda respublikaning barcha hududlaridan kelgan g‘oliblar, taniqli akademiklar, ilmiy jamoatchilik vakillari hamda 500 dan ortiq yosh izlanuvchilar ishtirok etdilar.
5 ta yo‘nalishda 20 nafar yosh olim va tadqiqotchilar  statuetka, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.