ENERGETIKA SOHASIDA YANGI QADAM: HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

O‘zR FA Energetika muammolari institutiga Koreyaning Fotonika Texnologiyalari Instituti prezidenti Shin Yong Jin boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. 
Mehmonlarni Institut direktori Hakim Muratov kutib oldi.

 

Dastlab mehmonlar  Institut faoliyati, tadqiqot yo’nalishalri haqida tanishtirildi. Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. So’ngra O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida energetika, fotonika va aqlli yoritish tizimlari sohasida hamkorlik qilish to’grisida memorandum imzolandi.

 

Unga ko’ra, innovatsion energetika va fotonika texnologiyalari, aqlli yoritish tizimlari va energiya tejovchi yechimlarni ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy tadqiqot ishlarini olib boorish, mutaxassislar va texnologiyalar almashinuvi, loyihalarni tijoratlashtirish va xalqaro bozorga chiqish nazarda tutilgan.

Ushbu memorandum ikki mamlakat o‘rtasidagi energetika, fotonika va aqlli yoritish tizimlari sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi!