Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “odamdan odamga yuquvchi yangi xavfli virus” haqidagi xabarlar tarqalib, koʻpchilikda “koronavirus davri qaytmoqdami?” degan xavotirlarni uygʻotmoqda. Vaziyat aslida qanday?
Kemadagi voqea: “Andes” shtammi nimasi bilan farq qiladi?
May oyi boshida Atlantika okeanida harakatlanayotgan xalqaro kemalardan birida xantavirus tarqalgani rost. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bunga xantavirusning faqat Janubiy Amerikaga xos boʻlgan “Andes” (Andes virus) shtammi sabab boʻlganini tasdiqladi.
Bu shtamm haqiqatan ham odamdan odamga yuqish xususiyatiga ega. Biroq buning uchun oddiy yoʻtalish kifoya qilmaydi. Virus faqat oʻta yaqin va uzoq muddatli muloqotda (masalan, bitta kayutada yashaganda yoki himoyasiz bemorga qaraganda) yuqadi. U gripp yoki COVID-19 kabi havo orqali zanjirdek tez tarqalib ketmaydi. Shu bolat xalqaro ekspertlar dunyo aholisi uchun xavf darajasini oʻta past deb baholamoqda. Yangi global pandemiya haqida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekistonliklar xavotir olishiga asos bormi?
Yoʻq, chunki yurtimizda vaziyat butunlay boshqacha:
Bizda bu shtamm yoʻq: Oʻzbekistonda odamdan odamga yuquvchi “Andes” shtammi umuman mavjud emas va tarixda hech qachon qayd etilmagan.
Mahalliy viruslar xavfsiz: Bizning mintaqamizdagi xantaviruslar hech qachon odamdan odamga yuqmaydi. Infeksiya manbai faqat yovvoyi kemiruvchilar (sichqon va kalamushlar) boʻlib, virus faqat ularning chiqindilari aralashgan changni yutganda yoki sifatsiz saqlangan ovqat orqali yuqishi mumkin.
Fanlar akademiyasi olimlari va Sogʻliqni saqlash vazirligi yurtimizdagi tabiiy oʻchoqlarni doimiy nazorat qilib bormoqda. Vaziyat toʻliq barqaror.
Nima qilish kerak?
Vahimaga berilmasdan, oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish kifoya:
Fanlar akademiyasi ommaviy axborot vositalari va blogerlarni internetdagi shov-shuvli sarlavhalarga uchmasdan, faqat rasmiy ilmiy maʼlumotlarga tayanishga chaqiradi.