
Hurmatli Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilari!
Sizning va yaqinlaringizning xavfsizligi biz uchun har doim ustuvor vazifadir. So‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bog‘liq noxush holatlar tez-tez kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, tashrif buyuruvchilarning ko‘plab so‘rovlari hamda Ilmiy kengashning qaroriga asosan:
2026-yil 1-apreldan boshlab Botanika bog‘i hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi.
Ushbu chora barchamiz uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tabiat go‘zalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi.
Sizdan ushbu tartibga amal qilishingizni va o‘zingiz hamda atrofdagilar xavfsizligiga befarq bo‘lmasligingizni so‘rab qolamiz!
Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati