Biz haqimizda

О‘zbekiston Respublikasi ilmiy salohiyatining asosini Fanlar akademiyasi – mamlakatning yetakchi ilmiy-tajriba markazi tashkil etadi. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (О‘zR FA) О‘zbekistondagi eng yirik va muhim davlat ilmiy tashkilotidir. Fanlar akademiyasi tegishli ilmiy yо‘nalishlarda keng kо‘lamli fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, Respublika uchun ustuvor bо‘lgan ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlarni ishlab chiqadi, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etilishini va mamlakatning iqtisodiy, intellektual va ma’naviy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi yuqori texnologiyalarni amalda qо‘llashni ta’minlaydi. Fanlar akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va ta’minlash О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va О‘zbekiston Respublikasi hukumatining doimiy hamda har tomonlama kо‘magi ostida amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining oliy boshqaruv organi akademiklar, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zolari va О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktoridan iborat Umumiy yig‘ilish hisoblanadi.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oldiga qо‘yilgan barcha vazifalarni amalga oshiruvchi tashkiliy-boshqaruv organ hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tarkibiga О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, bosh ilmiy kotib, vitse-prezidentlar, fan bо‘limlarining ilmiy kotiblari (rahbarlar) va О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining hududiy bо‘limlar raislari kiradi. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti huzurida ilmiy-tadqiqot muassasalari direktor Kengashi tashkil etilgan.

I. Fanlar akademiyasini tashkil etilishi va rivojlanishining qisqa tarixi

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi ikki asosiy bosqichni о‘z ichiga oladi:

- Sobiq SSSR davriga kiruvchi 48 yillik faoliyatni о‘z ichiga oluvchi institutsional shakllanishning dastlabki davri, imliy maktablarning yaratilishi, ilmiy kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasining shakllanishi;

- О‘zbekistonning mustaqillik yillarida esa ilmiy-tadqiqotlarning yanada rivojlanishi, takomillashuvi va mamlakatimiz fanining sifat jihatida yangi bosqichga kо‘tarilish davri bо‘ldi.

О‘tgan о‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida respublika akademik fani yangilanish va taraqqiyot yо‘liga tushdi. Bu esa О‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va hukumati tomonidan mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor tufaylidir.

Tarixan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini tashkil etish yо‘lidagi birinchi muhim qadam 1932-yil 4-oktabrda О‘zbekistonda о‘sha davrda allaqachon tashkil etilgan keng qamrovli ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘ini boshqarish va ularni ilmiy izlanishlari va amaliy ishlanmalarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublika Fanlar qо‘mitasining tashkil etilishi bо‘ldi. Keyinchalik, 1940-yil 9-yanvarda Respublika Fanlar qо‘mitasi Toshkent shahridagi SSSR Fanlar akademiyasining О‘zbekiston filliali (FA О‘zF)ga aylantirildi. 1940-yillarning boshlariga kelib respublikada 19 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 23 ta ilmiy stansiyalar, 11 ta muzey va bir qator boshqa muassasalar faoliyat kо‘rsatar edi.

Ulkan tashkiliy ishlar natijasida 1943-yil 27-sentabrda SSSR Xalq Komissarlari Kengashining “SSSR Fanlar akademiyasining Toshkentdagi О‘zbekiston filliyalini О‘zbekiston SSSR Fanlar akademiyasi etib qayta tashkil etish tо‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Kо‘p о‘tmay, 1943-yil 4-noyabrda Toshkentda О‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilish va tantanali ochilishi bо‘lib о‘tdi.

Ta’kidlash joizki, О‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi, uning shakllanishi va keyingi muvaffaqiyatli faoliyati respublikaning intellektual, ilmiy, ta’lim va madaniy hayotining butun taraqqiyot yо‘li, uning insoniy ilmiy salohiyatining yuksalishi bilan bog‘liqdir.

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining dastlabki shaxsiy tarkibi respublikaning 29 nafar yetakchi olimlaridan iborat bо‘lib, ulardan 21 nafari tabiiy fanlar va 8 nafari gumanitar fanlar vakillari edi. Uning ilk tashkilotchilaridan biri, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Qori-Niyozov Toshmuhammad Niyozovich bо‘lib, u О‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti etib saylangan.

1943-1944-yillarda Fanlar akademiyasi tarkibiga 10 ta ilmiy-tadqiqot institutlari kirdi. Bular: matematika va mexnika, geologiya, fizika-texnika, botanika va zoologiya, tuproqshunoslik va geobotanika, energetika, kimyo, iqtisodiyot, tarix va arxeologiya, til va adabiyot, shuningdek, Toshkent astronomiya rasadxonasi bilan Kitob kenglik stansiyasi, botanika bog‘i, tarix muzeyi, Fundamental kutubxona va ilmiy adabiyot nashriyoti. Ushbu ilmiy muassasalarda 210 nafar ilmiy xodim, jumladan, 28 nafar fan doktori va 57 nafar fan nomzodi faoliyat yuritdi. О‘zbekistonda sharqshunoslik fanini yanada rivojlantirish maqsadida 1944-yil yanvar oyida О‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharq qо‘lyozmalari instituti tashkil etildi.

О‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davrida – 1991-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tegishli ilmiy yо‘nalishlarning keng doirasi bо‘yicha muhim fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Respublika uchun ustuvor davlat ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlarni ishlab chiqadi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bо‘yicha yillik davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Dunyo davlatlarinin kо‘plab fanlar akademiyalari, yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari bilan keng xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshiradi, yirik ilmiy forumlar tashkil etadi va о‘tkazadi, fan doktorlari, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi. Shuningdek, oliy о‘quv yurtlari magistrantlari, olimlari tomonidan olingan ilmiy natijalar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va yangi ilmiy ishlanmalarni targ‘ib qilish, olimlarning ilmiy natijalarini nashr etadi. Bular mavzuli monografiyalar, shuningdek, respublika ta’lim tizimi uchun о‘quv qо‘llanmalardir. Bu esa mamlakatning ilmiy-texnik va innovasion salohiyatini yuksaltirish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Hozirda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasi quyidagi 3 ta ilmiy bо‘limlarni о‘z ichiga oladi. Bular: fizika-matematika va texnika fanlari, kimyo va biologiya fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek, 3 ta hududiy bо‘limlar – Qoraqalpog‘iston bо‘limi, Navoiy va Xorazm Ma’mun akademiyasi ham faoliyat olib boradi. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida 33 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi bо‘lib, 26 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 4 ta ilmiy markaz, 3 ta davlat muzeyi, shuningdek, Fan-texnika adabiyotining “Fan” nashriyoti va Fundamental kutubxona faoliyat yuritadi.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining jahon ahamiyatiga molik noyob ilmiy majmua va obyektlari rо‘yxatiga kiruvchi 40 nomdagi majmualari mavjud bо‘lib, bular Yadro reaktori tadqiqotlari, Yadro fizika inshootlari majmuasi, Maydanak baland tog‘ va Kitob kenglik astronomik rasadxonasi, quvvati 1000 kVt bо‘lgan yirik quyosh pechi, turli maqsadlardagi quyosh qurilmalari sinov poligoni, Toshkent va Ellikqal’a botanika bog‘lari, Ustyurt chо‘llari, Ustyurt chо‘llari stansiyalari, G‘о‘za genofondi, botanika о‘simliklari, mikroorganizmlar, fitopatogentlar kolleksiyalari, shuningdek, gerbariy, seopentariy, zamonaviy kitob omboriga ega qadimiy sharq qо‘lyozmalari fondi, uchta davlat muzeylari – О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining binolari va ekspozitsiyalari va boshqalar.

Fanlar akademiyasining asosiy ilmiy yо‘nalishlari bо‘yicha 20 ta mavzuli jurnallar faoliyat olib boradi. Jumladan, “Доклад Академик наук” (“Fanlar akademiyasining ma’ruzalari”), shuningdek, 3 ta xalqaro jurnallar “Geliotexnika – Applied Solar Energy” (“Gelitexnika - amaliy quyosh energiyasi”), “Химия природних соединений – Chemistry of Natural Compaunds” (“Tabiiy birikmalar kimyosi”), va Markaziy Osiyodagi botanika tadqiqotlari natijalariga bag‘ishlangan “Plant Diversity of Central Asia” (“Markaziy Osiyo о‘simliklari xilma-xilligi”) hamda “Fan va turmush” (“Наука и жизн”) nashr etiladi.

II. Qonunchilik va meyoriy-huquqiy ta’minot

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va tashkiliy faoliyati О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-sonli qarori bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ustavi asosida amalga oshiriladi.

Sо‘nggi yillarda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari faoliyatini amalga oshirishda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ta’minlashga qaratilayotgan О‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va respublika hukumatining doimiy e’tibori muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Sо‘nggi yillarda О‘zbekiston Respublikasi fanining rivojlantirishga qaratilgan “Fan va ilmiy faoliyat tо‘g‘risida”gi (2019-yil 29-oktabrdagi 576-son), “Innovatsion faoliyat tо‘g‘risida”gi (2020-yil 24-iyuldagi 630-son) ikkita muhim qonuni hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir necha о‘nlab tegishli farmon va qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, fan, innovatsiyalar, faoliyatini takomillashtirish, sezilarli mustahkamlash va yanada rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq boshqa muhim respublika hujjatlari qabul qilindi.

II.1. О‘zbekiston Respublikasi prezidentining Farmon va qarorlari:

- 2020-yil 29-oktabrdagi “2030-yilgacha fanni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-6097-son qarori;

- 2017-yil 29-dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5293-son qarori. Mazkur Farmonga muvofiq, sо‘nggi 22 yil ichida birinchi marta О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarining shaxsiy tarkibi sezilarli darajada mustahkamlandi va О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zosi (akademiklari) tasdiqlandi va ularning faoliyati tashkil etildi;

- 2017-yil 29-dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari, shuningdek, sobiq О‘zbekiston Qishloq xо‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari faoliyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5292-son qarori. Mazkur Farmonga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy azolarining ilmiy gonorarini oshirish, ularga tibbiy xizmat kо‘rsatishni yaxshilash va faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tegishli moddiy va ijtimoiy ta’minoti belgilandi;

- 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyatini, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-2789-son qarori. Mazkur qarorga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Fanlar aademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari tarkibini yangi ilmiy markazlar tashkil etish va ilgari oliy ta’lim tizimiga о‘tkazilgan 10 ta muassasa, tarmoq vazirliklari, idoralari tarkibiga kiritilgan tashkilotlarni akademiyaga qaytarish orqali mustahkamlash bо‘yicha zarur chora-tadbirlar kо‘rildi;

- 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovasion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-3365-son qarori qabul qilindi;

- 2018-yil 5-apreldagi “Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tо‘lash tizimini takomillashtirish choa-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3655-son qarori. Mazkur qarorga muvofiq oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar xodimlarini, shu jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimi olimlarini moliyaviy qо‘llab-quvvatlash sezilarli darajada 2 barobar oshirildi;

- 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish va uning tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4433-son qarori;

- 2021-yil 9-apreldagi “О‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-5063-son qarori.

II.2. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiining qarorlari:

- “Fan va texnologiyalar bо‘yicha Respublika kengashi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 2019-yil 27-noyabrdagi VMQ-953-son qarori;

- “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020-yil 11-maydagi VMQ-274-son qarori;

- “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020-yil 8-iyunidagi VMQ-366-son qarori. Mazkur qarorga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalarida stadyor-ilmiy xodimlar instituti qayta tashkil etilgan holda, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari bazaviy davlat byudjeti mablag‘lariga о‘tkazildi.

- “Ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonining ochiqligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020-yil 6-noyabrdagi VMQ-696-son qarori.

II.3 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining alohida ilmiy muassasalarini tashkil etish va faoliyatini takomillashtirishga oid qarorlari:

- 2018-yil 5-iyuldagi “Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovasion ishlarni rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-3838-son qarori;

- 2018-yil 12-iyundagi “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Y.Yusupov nomidagi О‘simlik moddalari kimyosi institutini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3847-son qarori;

- 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademi-yasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4387-son qarori;

- 2019-yil 21-noyabrdagi “Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4526-sonli qarori;

- 2020-yil 30-iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4794-sonli qarori;

- 2019-yil 21-sentabrdagi “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish tо‘g‘risida”gi VMQ-792-son qarori;

2020-yil 30-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi VMQ-675-son qarori;

- 2021-yil 4-maydagi “О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining energetika muammolari institutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi VMQ-273-son qarori;

- kabi bir qator qaror va farmoyishlar, jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalari hamda boshqa muhim ilmiy anjumanlari va tadbirlarini о‘tkazishga oid qarorlari mavjud.

Davlat tomonidan qabul qilingan qonunchilik va tashkiliy chora-tadbirlar va ular asosida amalga oshirilayotgan vazifalar akademik ilmiy tadqiqotlarning kadrlar, moddiy-texnika va moliyaviy bazasini sezilarli darajada mustahkamlash va ularni mamlakatning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini yechishga yо‘naltirish imkonini berdi hamda muhim ilmiy va innovatsion ishlanmalarga aylandi.

III. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tuzilmasi va tarkibi

Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tuzilmasi 40 dan ortiq ilmiy quyi tizimlarni, jumladan, fanning turli yо‘nalishlari bо‘yicha 36 ta ilmiy-tadqiqot muassasalarini о‘z ichiga oladi. Xususan,

III.1. Fizika-matematika va texnika fanlari bо‘limi (11 ta ITM)

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti

- V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti

- Fizika-texnika instituti

- Materialshunoslik instituti

- Yadro fizika instituti

- U.A.Arifov nomidagi ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti

- M.T.О‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

- G.A.Mavlonov nomidagi seysmologiya instituti

- Energetika muammolari instituti

- Konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi

- RT-70 rasadxonasi

III.2. Kimyo-biologiya fanlari bо‘limi (11 ta ITM)

- Umumiy va noorganik kimyo instituti

- Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi о‘simlik moddalari kimyosi instituti

- Akademik A.S.Sodiqov nomidagi biorganik kimyo instituti

- Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

- Mikrobiologiya instituti

- Immunologiya va inson genomikasi instituti

- Botanika instituti

- Zoologiya instituti

- Genetika va о‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti

- Genomika va bioinformatika markazi

- Botanika bog‘i (bu ruschasida yо‘q. О‘zim qо‘shib qо‘ydim)

III.3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bо‘limi (10 ta ITM)

- Sharqshunoslik instituti

- О‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

- Tarix instituti

- San’atshunoslik instituti

- Davlat va huquq instituti

- Milliy arxeologiya markazi

- О‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

- Alisher Navoiy nomidagi adabiyot davlat muzeyi

- Temuriylar tarixi davlat muzeyi

- О‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bо‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz

III.4. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining hududiy bо‘limlari

- Qoraqalpog‘iston bо‘limi tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

- Qoraqalpog‘iston bо‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti

- Xorazm Ma’mun akademiyasi

- Fanlar akademiyasi Navoiy bо‘limi

Shuningdek, Fanlar akademiyasining tarkibiga “Fan” ilmiy-texnika adabiyoti nashriyoti va Fundamental kutubxona ham kiradi.

2022-yil 1-aprel holatiga О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining shaxsiy tarkibiga 66 nafar haqiqiy a’zo (akademik) kiritildi.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xodimlarining umumiy soni 5125 nafarni tashkil etadi, shundan:

- 2247 nafar ilmiy xodimlar;

- 408 nafar fan doktori;

- 770 nafar fan nomzodi/ PhD;

- 1600 nafar muhandis - texnik xodimlar;

- 100 nafar stajyor-tadqiqotchilar.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalarida doktorantura ta’limidagi davogarlarning umumiy soni 338 nafar, jumladan, 55 nafar doktorant (DSc), 283 nafar tayanch-doktorant (PhD), 120 nafar mustaqil izlanuvchilar о‘z dissertatsiyalari ustida ishlamoqda.

2017-2020-yillarda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassa-salarining xodimlari tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 203 ta, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun 240 ta dissertatsiya himoya qilindi.

Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari huzurida doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bо‘yicha 21 ta Ilmiy Kengash tasdiqlandi va ularga Fanlar akademiyasining yetakchi olimlari kiritildi.

IV. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va moliyalashtirish

Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan zamonaviy fanning kо‘plab yо‘nalishlari bо‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mahalliy ilmiy maktablarimiz ham jahon darajasida rivojlanmoqda, turli ilmiy yо‘nalishlarda dolzarb tadqiqotlar olib borilmoqda.