2027-yilga qadar O‘zbekistonda tibbiy radioizotoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yadro energetikasi va yadro texnologiyalarining zamonaviy muammolari" nomli XI Xalqaro konferensiya doirasida mamlakatimizda yadro tibbiyotini rivojlantirish istiqbollariga bag'ishlangan sayyor sessiya bo'lib o'tmoqda.

  

Ushbu sessiyada qiymati 15 million АQSh dollaridan ortiq boʼlgan Gamma Systematics kompaniyasining loyihasi taqdimoti o'tkazildi. 

Loyiha O'zbekistonda tibbiy radioizotoplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini yaratishni ko'zda tutadi. Bu qadam sog'liqni saqlash milliy tizimini rivojlantirish hamda yuqori qo'shimcha qiymatga ega tibbiy mahsulotlarni 
mahalliylashtirish yo'lida muhim bosqich bo'ladi.