Diqqat! Sayt test rejimda ishlamoqda.

Katta quyosh pechi
Katta quyosh pechi

1000 kVt quvvatiga ega Katta quyosh pechi
Quyosh energiyasini boshqa shaklga о‘tkazish sohasidagi muvaffaqiyatlar samarali geliouskunalarni yaratish va foydalanish sohasidagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq bо‘lib, ularning KPBsi nimaga yо‘naltirilganligiga bog‘liqdir. Quyosh energiyasini eng samarali ravishda boshqa shaklga о‘tkazish quyosh nurlari oqimini 1000 Vt/sm2gacha tezlikda konsentratsiyalash sharoitida amalga oshiriladi (yer orbitasida Quyoshning nur energiyasi zichligi  1340 Vt/m2 ga teng). Geliotexnikada quyosh nurlarini tо‘plash aylanish paraboloidi asosidagi kо‘zgu konsentratsiya sistemasi (KKS) yordamida amalga oshiriladi. Kо‘zgu konsentratsiya sistemasi bu geliostat maydoni, konsentrator (midel razmerlariga qarab butun yoki tarkibli), priyemnik (texnologik bashnya), о‘lchash, nazorat va boshqaruv tizimlaridan iborat optik-mexanik sistemadir. KKS yuqori haroratli ilmiy tadqiqotlar, tajribalar va texnologik jarayonlar, elektroenergiya ishlab chiqarish, vodorod olish, shuningdek boshqa katta quvvat va yuqori hajmli nur oqimlarini talab etuvchi boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.  
Ma’lumki, konsentratorlar quyosh energiyasini fokusda jamlash imkoniyatini beruvchi yagona instrument bо‘lib, 30000S gacha bо‘lgan issiqlikni olish imkonini beradi, bu о‘z navbatida materiallarni yuqori haroratda qayta ishlash, sintez qilish, tozalash imkoniyatini beradi. Kichik - 5 kVt quvvatli konsentratorlar optik nuqtayi nazaridan yirik obyektlar sanaladi. Bir qator maxsus vazifalarni xal qilish uchun yirik hajmli, 1000m2 quvvatidan yuqori maydonli quyosh konsentratorlarini qurish zarurati paydo bо‘lmoqda. 5 kVt dan bir necha MVt quvvatigacha bо‘lgan bunday tajriba quyosh konsentratorlari hozirgi kunda  dunyoda bir nechta о‘ntani tashkil etadi xolos. 1000 kVt issiqlik quvvatiga ega eng yirik konsentratorlar hozirgi kunda  Odeyo (Fransuz Pireney orollari) va Parkent (О‘zbekitson)dagi Katta quyosh pechi (KQP)dir. 
Fransuz pechidan farqli о‘laroq Katta quyosh pechi (О‘zbekiston, Parkent) kulolchilik sohasida ishlatish uchun sintezlashgan materiallarni qayta ishlab chiqish bо‘yicha maxsus texnologik liniya yaratilgan bо‘lib, texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimi kо‘zda tutilgan. Katta quyosh pechida radiatsion isitish usuli yordamida oldindan belgilangan xususiyatlar bilan sopol materiallar sintezi texnologiyasi ishlab chiqilgan. Konsentratsiyalangan nurli oqimning moddalar bilan о‘zaro aloqasi jarayonlarini tadqiq etish natijasida konsentratsiyalangan quyosh nurlanishi maydonida nanodispers bо‘lakchalar shakllanish mexanizmi aniqlangan bо‘lib, bu Katta quyosh pechida nanoporoshok olish texnologiyasining asosi hisoblanadi. Mazkur yо‘nalishni rivojlantirish geliomaterialshunoslikda yangi usullarning yaratilishiga olib kelishi mumkin. Yangi usulning maqsadi konsentratsiyalangan quyosh energiyasidan foydalangan holda oldindan berilgan fizik va kimyoviy xossalar majmui bilan yangi oksidli va kompozitsion materiallarni yaratishdir. Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, chet ellik olimlarning e’tirof etishicha, geliomaterialshunoslik О‘zbekiston fanining ustuvor yо‘nalishlaridan biri bо‘lib, hozirgi kunda О‘zbekiston radiatsion va geliomaterialshunoslik sohalarida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan bir qator yutuqlarga erishdi / Islom Abdug‘aniyevich KARIMOV “О‘ZBEKISTON XXI ASR BО‘SAG‘ASIDA: havfsizlik tahdidlari, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”.  “О‘zbekiston” – 1997. Toshkent.   3000°S gacha bо‘lgan haroratlarda material olish usullar tahlili (elektron nurli ta’sir, yarim oy bо‘ylab isitish, plazmenli isitish, lazerli isitish, yuqori chastotali isitish) shuni kо‘rsatdiki, ular kо‘p energiya talab etib, maxsus texnologik sharoitlarni yaratishni taqozo etadi; terminodinamik muvozanatni boshqarish va nazorat qilish, kislorod bо‘yicha stexiometriya imkoniyati mavjud emas; eritma elektrod materiallari bilan ifloslanadi, belgilangan soflikdagi, gomogenlik darajasi yuqori bо‘lgan va stexiometriyaga amal qilgan holda oksid materiallarini olish imkoniyatlari pasayadi. 
Quyosh yordamida isitishning ajoyib xossalari quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
•    eritamadan yuqori soflikdagi oksid materiallarni sintez qilish imkonini beradi, bu esa optik shishalar, sital va maxsus materiallar uchun nihoyatda muhim;
•    yuzani radiatsion modifikatsiya qilish orqali materiallarni mustahkamlash;
•   konsentratsiyalangan quyosh energiyasini elektr va issiqlik energiyasiga aylantirish; 
•    vodorod sintezi;
• konsentratsiyalangan quyosh energiyasini infraqizil va lazer nurlanishiga aylantirish;
• past va yuqori haroratli komponentlardan iborat kompozitsion materiallarni sintez qilishda yuqori tezlikda konsentratsiyalangan quyosh energiyasini yо‘naltirish imkoniyatini beradi. Bu holda past haroratli komponentlar parlanishga ulgurmay eritmada yuqori haroratli komponentlar bilan aloqaga kirishadi. Bu murakkab birikmalarning yangi sinfini sintez qilish imkoniyatini beradi;
•   yuqori haroratlarda  (30000S garnissaj eritishni amalga oshirish va bunda dastlabki shixta sofligini saqlab qolish hamda uchib ketuvchi va past haroratli komponentlarning parlanishi natijasida eritmani selektiv tozalashni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi;
•    amorf va metastabil holatdagi materiallarni olish maqsadida 106 grad/s gacha bо‘lgan tezlikda eritmani sovitish, shuningdek yuqori haroratli fazalarni qayd etish.
Hozirgi kunda KQPni yaratish va ishga tushirish tajribasi asosida quyidagi  geliotexnika yо‘nalishlari bо‘yicha kompleks tadqiqotlar bajarilmoqda:
katta quyosh uskunalarning optik elementlarini ishlab chiqish;
konsentratsiyalangan quyosh energiyasini elektr va issiqlik energiyasiga aylantirish va vodorod olish texnologiyasini ishlab chiqish;
konsentratsiyalangan quyosh energiyasini infraqizil va lazer nurlanishli energiyaga aylantirish texnologiyasini ishlab chiqish;  
yuqori haroratli quyosh energetik moslamalarni loyihalashtirishni tashkil etish, montaj qilish, rasmiylashtirish va ishga tushirish;
kо‘zgu konsentratsiya sistemalarni hisob-kitob qilishning yangi usullarini ishlab chiqish; 
KKS ning kо‘zgu yuzalarini nazorat va yustirovka qilish usullarini ishlab chiqish;
geliostatlarni kuzatish sistemasi uchun yangi avtomatlash dasturlash usullarini ishlab chiqish;  
“Quyosh” majmui bazasida yaratilgan noyob tajriba stendi parametrlarini takomillashtirish.
Ular asosida quyidagi natijalar olindi:
• kо‘p funksional keramika (yuqori haroratli isitkichlar, termoparlar, gaz gorelkalari);
• konstruksion keramika (bosma platlar, trubkalar, nakonechniklar, rezsi);
• olovga bardosh beruvchi keramika (keramik dvigatellar uchun elementlar, mustahkamlovchi qoplamalar);
• iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun optik, yuqori о‘tkazgichli va boshqa turdagi keramik materiallarni ishlab chiqish;
•  iqtisodiyotning zamonaviy yо‘nalishlari uchun nanoporoshoklar.
Quyosh, shamol, bio- va gidroenergiyadan foydalanish sohasida kadrlarni tayyorlash maqsadida  2000-yilda KQP bazasida О‘quv markazi tashkil etilgan bо‘lib, uning faoliyatiga respublikamiz oliy о‘quv yurtlari va chet eldan yosh mutaxassislar, talabalar, magistrlar, aspirantlar jalb etilgan. 
KQP fan va texnikaning fundamental va amaliy vazifalarini bajarishda noyob tadqiqot instrumenti sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.