О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Tashkil etilishi: 1996-yil, Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan.

Rekvizitlar: О‘zbekiston, 100000, Toshkent shahri, Amir Temur 1;

Tel: 232-02-12 Faks: 232-02-13

e-mail: temurid@temurid.uz;

URL: http://www. temurid.uz.

Direktor: tarix fanlari nomzodi Fayziev Xurshid Turgunovich

Ishchilar tarkibi: fan nomzodlari – 4, ilmiy xodimlar – 23, jami ishchilar – 70.

О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan va bevosita rahbarligi ostida, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 martdagi 99-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Tadqiqotlarning asosiy yо‘nalishlari: - mamlakat madaniyati va ma’rifati tarixining muhim yо‘nalishlari bо‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlarni ishlab chiqish; - respublika jamoati va xorijiy davlat vakillarini Temuriylar davri tarixi bilan tanishtirish; - respublika hamda xorijda о‘rganilayotgan davr bо‘yicha yozma manbalar va ashyolarni tо‘plash; - mavzuiy, tarixiy hujjatlar, qо‘lyozmalar, moddiy-madaniy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar va h.lar yordamida Amir Temur va temuriylarning jahon madaniyati va faniga qо‘shgan hissasini aks ettiruvchi doimiy va davriy ekspozitsiyalar, kо‘chma kо‘rgazmalarni tashkil etish. Noyob ilmiy obyektlar: Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi va ekspozitsiyasi. Muzey binosi о‘zida о‘rta asrlar (aniqrog‘i, temuriylar davri) sharq va zamonaviy arxitektura uslublarini mujassam etgan. U katta aylana shakliga ega bо‘lib, gumbazi kо‘p qirrali, tomi panjarali. Ochiq ayvonlari va ustunlari bor. Tashqaridan bino ajib naqshlar bilan bezatilgan. Muzey «Davlat noyob ilmiy obyektlar rо‘yxati»ga kiritilgan. Muzey fondlarida О‘zbekiston tarixi, jumladan Amir Temur va temuriylar davrini aks ettiruvchi eksponantlar saqlanadi; ular – qо‘lyozmalar, har xil xatlar, etnografiya, me’morchilik buyumlari, kumush va mis tangalar, sopol va mis idishlar va h. 2006 – 2011-yillar mobaynida 17 ta kо‘rgazma tashkil etildi. «Amir Temur – Klavixo – Samarqand», «Yozuv madaniyati tarixi», «Amir Temur hayotidan lavhalar», «Xorij merosi», «Samarqand 2750 yoshda», «Shohruhiya topilmalari», «Toshkent – islom madaniyati markazi», «Toshkent – Sharq yulduzi», «Imzolar», «Noyob qо‘lyozmalar xazinasidan», «Temuriylar davri renessansi», «Temuriylar davlatida diplomatik aloqalar» va hokazolar shular jumlasidandir. Yoshlarni vatanparvarlik va milliy iftixor, tarix, buyuk shaxslar va о‘tmish merosiga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida muzeyda bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazildi. Masalan: «Buyuk qalam ustalari», «Temuriylar davri huquqiy merosi», «Amir Temur avlodlari», «Tarix marvaridlari», «Buyuk siymo». Mavzuiy ekskursiyalar ham о‘tkazilgan: «Amir Temur va Yevropa», «Amir Temurning jang san’ati», «Amir Temur davrida tibbiyot», «Temur tuzuklari», «Ulug‘bek davrida Movarounnahr», «Temuriy malikalar», shuningdek, muzeyning boy eksponatlaridan foydalangan holda boshqa tadbirlar ham tashkil etilgan. Muzey ekspozitsiyalarini tomosha qilishga kо‘plab chet elliklar, rasmiy delegatsiyalar ham tashrif buyurishadi. Amir Temur va temuriylar davri tarixi bilan tanishish jarayonida ular boy taassurotlarga ega bо‘lishadi. Kо‘rsatilgan muddat ichida muzeyga turli mamlakatlarning 600 dan ortiq rasmiy delegatsiyalari tashrif buyurishgan. Temuriylar davri tarixi bilan yaqindan tanishgach, о‘z taassurotlari va fikr-u mulohazalarini “Faxriy mehmonlar kitobi”ga yozib qoldirishgan. Mana shu yozuvlar asosida muzeyda “Imzolar” kо‘rgazmasi tashkil etilgan. Muzey tashkil etilganida uning fondlarida 600 ta predmet bor edi. Hozirgi kunda muzey ekspozitsiyalarining о‘zi 2000 dan ortiq eksponatni tashkil etadi. Muzey ochilganidan beri uning eksponantlarini 1 6500 00 dan ortiq odam tomosha qilishga muvaffaq bо‘lgan. Mana shu yillar mobaynida muzeyga turli mamlakatlarning 680 ta rasmiy delegatsiyalari tashrif buyurishgan. Fundamental tadqiqotlarning eng muhim natijalari: 2007-yilda “Temuriylar davri renessansi” fundamental loyihasi bо‘yicha ish yakunlandi. Mazkur loyiha natijalari monografiya shaklida nashrga tayyorlandi. Uning natijalari shuningdek “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” (2004-y.), “Temuriylar davlati va Rennesans” (2006-y.) mavzularidagi Respublika ilmiy konferensiyalari materiallari, 30 dan ziyod ilmiy maqolalar, «Amir Temur – Klavixo - Samarqand» bukletida aks etgan va “Temuriylar davri tarixi davlat muzeyi” multimediasida ilmiy muomalaga kiritilgan. «Temuriylar davri madaniyati yodgorliklari» (Toshkent: О‘zMU tarix fakulteti minitipografiyasi, 2003-y., shartli nashr l.6,75), “Amir Temur va Temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” (Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2005-y., 13 p.l.), «Temuriylar imperiyasida davlatchilik va Renessans» (Toshkent: «ALOQA PRINT» tipografiyasi, 2008-y., shartli nashr l.14) tо‘plamlari chop etildi. Olingan natijalar Temuriylar davrida fan va madaniyatning rivojlanish tarixini о‘rganish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalaridan shuningdek oliy о‘quv yurtlari, kollej, litsey va maktablar uchun darslik va qо‘llanmalar tayyorlash, о‘zbek davlatchiligi tarixini yorituvchi ekspozitsiya va kо‘rgazmalar tashkil etishda foydalanish mumkin. “О‘zbekiston va xorijda Temuriylar davri yozma yodgorliklarini о‘rganish” fundamental tadqiqoti ustida ish olib borilgan bо‘lib (muddati – 2007-yilning ikkinchi yarmi – 2011-yil), uning natijasida mana shu davrga tegishli xorijda saqlanayotgan qо‘lyozmalar haqida ma’lumot tо‘plandi. Mazkur mavzu bо‘yicha Eron, Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya qо‘zlyozmalar fondida saqlanayotgan yozma yodgorliklarning о‘rganilish darajasi tahlil qilindi. О‘sha davrda tarixiy asarlarga katta ahamiyat qaratilganligi aniqlandi. 2007-yilda “Temuriylar tarixi bо‘yicha manbalar”, 2009-yilda “Temuriylar tarixi bо‘yicha manbalar: ta’riflar, tarjimalar, tadqiqotlar” mavzularidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari о‘tkazildi. YUNESKO rahbarligida rus tilida «История письменности и рукописной книги народов Узбекистана (IX в. – начало XX в.)» (Ташкент: 2008. 10 p.l. Автор – Н.Н. Хабибуллаев) monografiyasi, о‘zbek tilida «Temuriylar davri ma’naviy merosi tarixidan» (Toshkent, 2009. – 98 s. Muallif – O. Buriyev) broshurasi, shuningdek, «Temuriylar tarixiga oid manbalar» (Toshkent: Aloqa Print, 2010) tо‘plami chop etildi. Innovatsion ishlanmalar: 2007-yilda FA–I2–005 «Toshkent – islom madaniyati markazi» innovatsion loyihasi ustida ish olib borildi. Uning asosida «Toshkent – islom madaniyati markazi» kо‘rgazmasi tashkil etilgan bо‘lib, uning materiallari о‘zbek tilining boy moddiy va ma’naviy merosi haqida guvohlik beradi. «Toshkent – 2007-yil islom madaniyati markazi. Toshkent kolleksiyalarining islom qо‘lyozmalari» nomli kо‘rgazma katalogi uchta (о‘zbek, rus, ingliz) tilda chop etildi. Fundamental loyihalarni qо‘llab-quvvatlash fondi bо‘yicha loyihalar. Fundamental loyihalarni qо‘llab-quvvatlash fondi bо‘yicha “Xorijda saqlanayotgan Temuriylar davri ashyolari katalogi” (2006 – 2007-yy.) loyihasi bajarilgan bо‘lib, unda Rossiya, Osiyo va Yevropa muzeylarida saqlanayotgan Temuriylar davriga oid ashyolar aks ettirilgan va tavsiflangan. “О‘rta Osiyoda kitobatchilik madaniyati tarixidan” (Temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qо‘lyozma va toshbosma namunalari) (2008 – 2009-yy.) nomli loyiha bajarib tugatildi. Shuningdek, “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida toshbosma usulida bosilgan darsliklar haqida” (2010–2011-yy.) va “Virtual kо‘rgazmalar va ularning ilmiy-amaliy asoslari” (Temuriylar davri tarixi davlat muzeyi kо‘rgazmalari asosida) (2010 – 2011-yy.) loyihalari amalga oshirilmoqda. “X1X asr oxiri – XX asr boshlarida toshbosma usulida bosilgan darsliklar haqida” (2010–2011-yy.) loyihasiga muvofiq quyidagi natijalarga erishildi: mavzuning о‘rganilish darajasi tahlil qilinib, manbalar bilan ish olib borildi va ular uchta asosiy guruhga ajratildi: 1) О‘rta Osiyodagi ma’rifat tizimidagi maktablar; 2) rus-tuzem maktablari; 3) jadidlar tomonidan ochilgan yangi usul maktablari uchun mо‘ljallangan kitob va qо‘llanmalar. “Virtual kо‘rgazmalar va ularning ilmiy-amaliy asoslari” (Temuriylar davri tarixi davlat muzeyi kо‘rgazmalari asosida) (2010 – 2011-yy.) loyihasiga muvofiq quyidagilarga erishildi: “Amir Temur va Temuriylar davri me’morchiligi” kо‘rgazma konsepsiyasi va mavzuiy-ekspozitsion rejasi ishlab chiqildi.