28-avgust kuni “JAHON TAMADDUNI TARIXIDA MARKAZIY OSIYO RENESSANSI” xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi

O’zR FA Bioorganik kimyo instituti qoshidagi noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish Markazi
O’zR FA Bioorganik kimyo instituti qoshidagi noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish Markazi

Markaz quyidagi noyob zamonaviy asbob-uskunalardan foydalangan xolda tajriba ma’lumotlarini yig’ish (ba’zan, buyurtmachi talablariga binoan ilmiy tadqiqotlar olib borish) xizmatlarini ko’rsatadi:

 

  1. XCALIBURTM-R moddaning to’liq strukturasini aniqlash uchun 4-aylanali avtomatik rentgen difraktometri (Buyuk Britaniya);
  2. Q-TOF Aglient 6520 mass-spektrometri (Germaniya);
  3. NETZSCH STA-409 PG termoanalizatori (Germaniya);
  4. LEICA raqamli kamerali binokulyar mikroskop (Shveytsariya);
  5. Qattiq moddalarni identifikatsiyalash va fazaviy taxlil uchun kukun (polikristall namunalar) rentgen difraktometri - XRD-6100 (Yaponiya).
  6. Aglient 6400 Triple Quadrupole LC/MS Mass-Spektrometr (Germaniya).
 

Taklif etilgan xizmatlar natijalari:

XCALIBURTM-R.4-aylanali avtomatik rentgen difraktometrida.

Monokristall birikmalarda to’liq rentgenostrukturaviy tadqiqotlar, jumladan:

  • rentgenostrukturaviy tadqiqotlar uchun yaroqli monokristallarni olish (agar buyurtmachi o’z namunalarining monokristallni olish zarur bo’lsa);
  • monokristallarni saralash (agar buyurtmachi tomonidan monokristallar taqdim etilsa);
  • qaytgan nurlar massivini yig’ish;
  • molekulyar strukturani aniqlash – atomlar koordinatasi, anizotropik siljish parametrlari, bog’ uzunliklari, valent va torsion burchaklar;
  • kristall strukturani aniqlash – molekulalar joylashishi va molekulalararo ta’sirlar;

Olingan natijalar elektron hamda yozma shaklda taqdim etiladi.


Q-TOF Agilent 6520 va 6400 Triple Quadrupole LC/MS mass-spektrometrida:
  • Yuqori samarali sifat taxlili;
  • Noma’lum birikmalar strukturasini aniqlash;
  • Noma’lum birikmalar strukturasini aniqlashga imkon beradigan molekulyar ion va fragment massalarini aniqlash;
  • Murakkab aralashmalarni avtomatik tartibda skrininglash va mass-spektr kutubxonasi orqali izlash;
  • Bazaviy ma’lumotlar bo’yicha oqsillar identifikatsiyasini amalga oshirish;
  • Oqsillar translyatsiyasidan keyingi modifikatsiyalari tahlili;
  • Peptidlarning aminokislota ketma-ketligi aniqlash.

Binokulyar raqamli kamera LEICA mikroskopida:
  • Statik va dinamik rejimdagi mikroskopik ob’ektlarning 10-100 marta kattalashgan tasvirini kuzatish;
  • Olinadigan tasvirni raqamlash imkoniyati;
  • Kompyuter dasturlaridan foydalanib olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va saqlash.

NETZSCH STA-409 PG termoanalizatorida:
  • Bir vaqtda termogravimetrik va differentsial-skanerli o’lchashlarni amalga oshirish;
  • Haroratga bog’liq namuna massasi o’zgarishini qayd qilish orqali termik tahlil o’tkazish;
  • Moddalarni sovutish yoki isitish natijasida sodir bo’ladigan issiqlik oqimi tavsiflarini qayd qilish;
  • Namuna tarkibi va termoturg’unligini aniqlash;
  • Fazaviy o’tishlarni aniqlash.
 

Markaz manzili: Toshkent shahar, Mirzo-Ulug’bek ko’chasi 83, Bioorganik kimyo instituti. tel. 262-89-06. Avtobuslar – 17,63,83,96,110,129, tramvay 13, yo’nalishli taksilar 95, 28, 51, 80, 137,168, “Dom bita” bekati.

 

O’zR FAning ilmiy muassasalari, Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa vazirliklar va ularning bo’limlari, shuningdek tijorat strukturalari va xorijiy buyurtmachilar xizmatdan foydalanuvchilar bo’lishlari mumkin.

 

Ma’lumot berish muddati o’rnatilmagan – buyurtmachi xizmatlar ko’rsatishga buyurtmani istalgan vaqtda istalgan shaklda, og’zaki ko’rinishda yoki qo?oz ko’rinishida.

 

Barcha buyurtmalar 7 ish kunida to’lov tasdiqlangandan so’ng bajariladi.

Markaz tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar tўg’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni Markazdan dushanbadan jumagacha soat 09.00 dan 17.00 gacha olish mumkin.

Davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi:

  1. Markaz direktori nomiga buyurtma xati berish;
  2. Xizmatlar uchun to’lovni Markaz hisob raqamiga pul o’tkazish yo’li bilan o’tkazish;
  3. Buyurtma asosida o’lchovlar o’tkazish;
  4. Buyurtmachiga elektron yoki qog’oz ko’rinishida beriladigan o’lchovlar to’g’risidagi ma’lumot.
 

Quyidagi holatlar xizmat ko’rsatmaslikga asos bo’lishi mumkin:

  • Rentgenostrukturavviy tahlil o’tkazish uchun sifatsiz (polikristallik, ikkilanganlik, kichkina o’lchamli) monokristall bo’lishligi.
  • Termik taxlil o’tkazish uchun modda miqdorining etishmasligi (5 mg dan kam), bundan tashqari o’rganilayotgan moddada qurilma o’lchov diapazonidan (-70 ….. 600oS) tashqarida termoeffektlar sodir bo’lishi.
  • Masspektrometrik tahlil uchun - suv va spirt aralashmasida erimaydigan modda, shuningdek polimer moddalar (biopolimerlar) bo’lishligi.

Taklif qilinayotgan xizmatlar sifati zamonaviy qurilmalar va yuqori malakali mutaxassislar xizmati bilan kafolatlanadi.

Buyurtmachi Markaz tadqiqotlari natijalaridan norozi bo’lgan holatda buyurmachi ishtirokida takroriy tadqiqotlar o’tkaziladi.