Xorazm Ma’mun akademiyasiga Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi tashrifi

Xorazm Ma’mun akademiyasiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi janob Deniel Rozenblyum tashrif buyurdi. Tashrif davomida janob Rozenblyum Аkademiya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, Akademiyaning tarixi, hozirgi vaqtda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlari va kelajakdagi rejalari bilan tanishdi.

 

Janob Rozenblyum akademiya ilmiy laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari bilan tanishdi va “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasida bo‘ldi. AQSh elchixonasi tomonidan ikki tomonlama ilmiy aloqalar o‘rnatishga yordam berishini aytdi.