O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti

Direktor

Ayupov Shavkat Abdullaevich

fiz.-mat. f.d. professor, akademik
uzbmath@umail.uz
(+998 71) 262 75 44
Bog'lanish
Manzil: 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 81
Direktor: Ayupov Shavkat Abdullaevich
Telefon: (+998 71) 262 75 44
Faks: (+998 71) 262 52 36
Sayt: www.mathinst.uz

Matematikaga oid tadqiqotlari bilan dunyoga tanilgan Matematika instituti 1943 yilda tashkil etilgan. 1954 yilda institutga Toshkent matematika ilmiy maktabining asoschisi V.I.Romanovskiy nomi berilgan.

Dastlab tashkil etilgan paytlarda institut hisoblash markazili matematika va mehanika instituti deb atalib, unda matematikadan tashqari mehanika, nazariy geofizika, seysmologiya, hisoblash tehnikasi bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. Institutdan keyinchalik mehanika va inshootlar seysmochidamliligi, kibernetika, seysmologiya institutlari mustaqil institut sifatida ajralib chiqqan.

Institut jamoasi bosib o'tgan yo'l O'zbekistonda matematika fani rivojini yaqqol ifodalaydi. Institutga prof. N.N.Nazarov (1943-1947), prof. V.A.Djodjio (1947-1950), akad. V.I.Romanovskiy (1950-1952), akad. V.A.Bugaev (1952-1957), akad. S.H.Sirajiddinov (1957-1960 va 1962-1967), muhbir a'zo V.I.Gubin (1960-1962), akad. M.S.Salohitdinov (1967-1985), akad. T.D.Jo'raev (1985-1992 va 1997-2003), akad. SH.A.Ayupov (1992-1997 va  2004-h.k.gacha), prof. B.B.Rihsiev (2003-2004)lar rahbarlik qilishgan.

Bugungi kunga kelib institut O'zbekistonda matematika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi, Respublika uchun  yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha katta ishlarni amalga oshirayotgan  markaz bo'lib shakllangan.

Institutda zamonaviy matematikaning dolzarb yo'nalishlari bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Institutning eng katta yutug’i sifatida V.I.Romanovskiy, T.A.Sarimso?ov, S.H.Sirojiddinovlarning sa'y harakatlari bilan barpo bo'lib, dunyo matematika ham jamiyati tomonidan tan olingan algebra va funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktablarini e'tirof etish mumkin. Bu maktablarni bugungi kunda akademiklar  SH.A.Ayupov, M.S.Salahitdinov, Sh.K.Farmanov, A.Azamov va boshqalar boshqarib kelishmoqda.

Institut olimlari O'rta asrlarda matematikaning rivojlanish tarihini keng o'rganishda samarali tadqiqotlar olib borishdi va katta hissa qo'shishdi ( akademiklar S.H.Sirajdinov, G.P.Matvievskaya va boshqalar).

Institut hodimlari tomonidan olingan natijalar monografiyalar, darsliklar va chet el nufuzli jurnallarida chop etilgan ko'plab manolalarda o'z aksini topgan.

Institutda O'zbekiston matematika jurnali («Uzbekskiy matematicheskiy jurnal») muntazam ravishda nashr etib kelinmoqda.

Institut matematikaga oid ko'plab xalqaro konferensiyalarning tashkilotchisi bo'lgan, jumladan: Bernulli jamiyatining I Umumjahon  kongressi (Toshkent, 1986), III Sovet -Yapon simpoziumi (Toshkent, 1975), O'zbek-Fransuz uchrashuvi (Toshkent, 1997), Fransuz-O'zbek uchrashuvi (Myuluz, 1995), O'zbekiston-Amerika matematika konferensiyalari (Fullerton, 2014, Urganch, 2017) va boshqalar.

Institutda adabiyotlar soni  va mavzular bo'yicha puxta tanlanganligi bilan boy kolleksiyaga ega bo'lgan kutubxona bo'lib, u matematikaga oid Markaziy Osiyoda tengi yo'q kutubxonadir.

Institutning ko'plab hodimlari turli mukofotlar laureatlari bo'lishgan. Jumladan, 2017 yilda institut direktori akademik SH.A.Ayupov o'z shogirdlari K.Xudayberganov  B.Omirov  (O'zMU) va  O'.Roziqov (O'zR FA MI) bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasining fan va tehnika sohasidagi birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Akad.SH.A.Ayupov va prof.O'.A.Roziqovlar  Umumjaxon Fanlar Akademiyasi (TWAS - The World Academy of Sciences) akademigi qilib saylandilar.

Akad.SH.K.Formanov, prof.SH.Shorahmetov va prof.SH.Mirahmedovlar Matematik statistika va ehtimollik bo'yicha xalqaro Bernulli jamiyati  a'zolari, O.SH.SHaripov esa Matematik statistika instituti a'zosidir (A?SH).