Ustyurt platosi janubiy hududlarining noyob hayvonlari

OʼzR FА Zoologiya instituti tomonidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ustyurt platosi janubiy hududlari faunasini  oʼrganish maqsadida ekspeditsiya uyushtirildi.

Sariqamish koʼlining sharqiy qirgʼogʼi buylab joylashgan chinklar

Ustyurt palatosidagi jayronlarning kichik populyatsiyasi

Ekspeditsiya davomida Ustyurt platosining janubiy hududlarida joylashgan Sariqamish koʼlining shimoliy, sharqiy va gʼarbiy qirgʼogʼi bo’ylab va u yerda joylashgan chinklarda, Shoʼrja kotlovani atrofida va Qulantaqir geografik punktlarida ilmiy izlanishlar olib borildi.

Sariqamish koʼlidagi flamingo galasi

Sariqamish koʼlida uchragan oqqushlar galasi

Sariqamish koʼlining sharqiy qirgʼogʼi buylab joylashgan chinkda uyalagan joʼrchi qushi

Tadqiqot jarayonlari

Tadqiqot ishlari davomida Oʼzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan jayron (Gazella subgutturosa G)larning kichik populyatsiyalari va qulon (Equus hemionus P)larning 60-70 boshli katta podasi aniqlandi hamda ularning bioekologik xususiyatlari oʼrganildi.

Sariqamish koʼlining sharqiy qirgʼogʼida joylashgan chinkning yoriqlarining biridan yoʼqolib ketish xavfi ostida turgan Ustyurt quyi (Ovis vignei arkal E) ning tunash joyi va izlari topildi.