Rossiya Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Jizzax viloyatida

O‘zbekiston Respublikasi tomoni taklifi bilan joriy yil 19 iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik A.M.Sergeyev boshchiligidagi delegatsiya O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Jizzax viloyatidagi “Suffa” Xalqaro radioastronomiya observatoriyasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zR FA prezidenti B.S.Yuldashev hamda vitse-prezident S.Z.Mirzayevlar kutib olishdi. U yerda mehmonlar obyektning ish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Ikki davlat vakillari o`rtasida ilm-fan sohasida kelgusidagi istiqbolli hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.