“O'zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” II-Respublika konferensiyasi o'z ishini boshladi

O'zR FA Zoologiya instituti tomonidan tashkil etilgan “O'zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi II-Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 2020-yil 15-oktyabrida o'z faoliyatini boshladi. Konferensiya yalpi majlisini O'zR FA Zoologiya instituti direktori B.R. Xolmatov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Konferensiya ishida respublikamizdagi yetuk zoolog olimlar, jumladan, akademik J.A.Azimov, prof. A.E.Kuchboyev, I.I.Zokirov, Y.A.Bikova, R.D.Kashkarov va boshqalar zoologiya fanining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari, hayvonot dunyosini saqlash va barqaror foydalanish, uni muhofaza etish va monitoring qilish asoslari yuzasidan o'zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya yalpi majlisdan so'ng turli yo'nalishlarda o'z faoliyatini davom ettirdi.

“O'zbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” II-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 16-oktyabrda o’z ishini yakunlaydi.