“O'zbek mumtoz adabiyotini o'rganishning nazariy va manbaviy asoslari” mavzusida konferensiya o’tkazildi

O'zR FA  Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida “O'zbek mumtoz adabiyotini o'rganishning nazariy va manbaviy asoslari” mavzuda II Respublika ilmiy -amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda Muzey xodimlari, taniqli adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyani Muzey direktori J. Eshonqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Mazkur ilmiy-amaliy konferentsiya ishi “Adabiy manbalarni o’rganish va matn masalalari”, "Adabiy matn tahlili va talqini masalalari”, "Mumtoz adabiyot namunalarni ta'lim tizimda o’rganish” sho’balarida olib borildi.