“Nazariy va klinik tibbiyot” jurnali

“Nazariy va klinik tibbiyot” jurnali Xalqaro ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshida ta’sis etilgan.

Jurnal 1999-yildan chop etilmoqda, va 04.05.2007 y. O‘zbekiston Respublikasining axborot va aloqa Agentligida qayta registratsiyadan o‘tkazilgan - № 0255.

ISSN (2091–5853)

“Nazariy va klinik tibbiyot” jurnali O‘rta Osiyo va MDH davlatlarida tibbiyot, biologiya va molekulyar genetika sohalarida tanilgan ilmiy jurnallardan biri deb hisoblanadi. Asosiy vazifasi yirik ilmiy tadqiqotlarning yutuqlarini O‘zbekiston Respublikasi va MDH davlatlarining ilmiy hodimlari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, vrachlar, farmatsevtlar, doktorantlar, hamda aspirantlar bilan magistrlar orasida targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni chop etib tarqatishdir.

Nashrning tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Jurnalning maqsad va vazifalari – biologiya va tibbiyot, biotibbiyot, biofizika, biokimyo, molekulyar genetika, virusologiya va klinik tibbiyot sohalaridagi ilmiy yutuqlar xaqida ma’lumot berish, tajriba almashish, ilmiy yangiliklarni yoritish, monografiyalarni retsenziyalashdan iborat. Tibbiyot va biologiya ixtisosliklaridagi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan maxsus sonlar va sharhlar chop etish qo‘llaniladi, hamda xalqaro anjumanlar - kongresslar, simpoziumlar va syezdlar materiallari yoritiladi.

Mutaxassisligi: Jurnalda turli tibbiyot va biologiya sohalarning sharhlari va original ilmiy maqolalar chop etiladi.

Jurnalning nodir xususiyatlari: Akademik institutlarning olimlari – biologlar, kimyogarlar, fiziklar ko‘p vaqtdan beri O‘zR SSVning institutlari va oliygohlari bilan hamkorlikda tibbiyot muammolari ustida ishlab kelmoqdalar. O‘zR FA institutlarida ishlab chiqilgan ko‘pgina dori vositalari, reaktivlar to‘plamlari, diagnostik test-to‘plamlar, uskunalar tibbiyot amaliyotiga joriy etilmoqda. Jurnalda yurtimizdagi ilmiy tadqiqotlarni muntazam ravishda yoritish tadqiqotchilar va qator tibbiyot va akademik mutaxassislariga olgan bilimlarini faol ishlatishga imkon yaratadi. Jurnal O‘zbekiston va chet davlatlar biotibbiyot, biofizika, biokimyo, molekulyar genetika, virusologiya va klinik tibbiyot ixtisosligida yo‘naltirilgan olimlarning yutuqlarini faol ravishda chop etuvchi va targ‘ib qiluvchi nashrdir.

Tarqatilayotgan regionlar: O‘zbekiston Respublikasining barcha regionlari, MDH va yaqin xorijiy mamlakatlarda. Jurnal Rossiyaning Ilmiy Sitirlash Indeksi (RINS) elektron ilmiy kutubxonasiga kiritilgan.

Moliyalashtirish manbalari: xo‘jalik shartnomalari, obuna bo‘lish.

Bosh muharrir

Aripova Tamara O‘ktamovna

Tug‘ilgan sanasi: 11.07.1953

Tug‘ilgan joyi: Samarqand

Yo‘nalishi: immunologiya

O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori.

Tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Toshkent Davlat Tibbiyot institutini (h.v. TTA) 1976 y. tamomlagan

Aripova T.U. 350-tadan ortiq ilmiy ishlar chop etgan (ulardan 180tasi O‘zR mustaqilligidan keyin), shu qatorda 9ta monografiya, 2ta patent muallifi, 3ta xalqaro mualliflik guvohnomasi, 42ta uslubiy tavsiyalar.

7 nafar fan doktori va 13 nafar kandidatlar tayyorlagan.

Manzil:

100060, O‘zbekiston, Toshkent,  Y. G‘ulomov ko‘ch., 74

Telefon:

(+998-71) 233-92-83

Faks:

(+998-71) 233-08-55

E-mail:

immunology2015@mail.ru

Sayt:

immunology.uz