Muzey ishi sohasida yana bir Memorandum

O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Qirg‘iziston Respublikasi "Sulayman-Too" milliy tarixiy-arxeologik muzey kompleksi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

 

Ushbu Memorandum madaniyat va muzey ishi sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va takomillashtirish hamda ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, bu kelishuvda “Sulaymon-Too” milliy tarixiy-arxeologik muzey majmuasi va O‘zR FA O'zbekiston tarixi davlat muzeyi mutaxassislari o‘zaro tajriba almashishi, muzey ishi sohasida hamkorlikda ko'rgazmalar, ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazishi nazarda tutilgan.