“Matematikaning zamonaviy muammolari” respublika onlayn anjumani oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorlikda “Matematikaning zamonaviy muammolari” mavzusida respublika onlayn anjumani oʼtkazildi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan 100 dan ortiq matematik olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Bu anjuman oʼzaro fikr va tajriba almashishdan tashqari, yosh izlanuvchilar uchun kelgusidagi ilmiy izlanishlarini aniq belgilab olishlarida ham juda muhim ahamiyatga ega.