Mamlakatda kechayotgan ilmiy-maʼrifiy jaryonlarni kengaytirish, aholi va ayniqsa yoshlarni mahalliy olimlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ilmiy-maʼrifiy turizmni rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida ommaviy axborot vositalari, turistik kompaniyalar va yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʼtkazildi.
Аsosiy maqsad, mamlakat aholisiga, yoshlarga va sayyohlarga Materialshunoslik institutining innovatsion ishlanmalari va gʼoyalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni yetkazish va ilmiy-maʼrifiy turizmni rivojlantirish. Osiyo mintaqasida yagona “Katta Quyosh Qurilmasi” – noyob ilmiy obyektining texnologik imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Institut olimlari tomonidan yaratilgan innovatsiyalar namoyish etildi:
Import oʼrnini qoplovchi mahsulotlar:
“Oʼzbekneftgaz” АJ korxonalari uchun tabiiy gazni turli birikmalardan tozalash va quritishda ishlatiladigan keramik sharlar. Yillik ehtiyoj 300 tonna. 2023-yildan importni (Rossiyadan) toʼxtatish rejalashtirilgan.
“Olmaliq KMK” АJ ehtiyojlari uchun Olein kislotasini ishlab chiqarish. Yillik ehtiyoj 400 t. 2023-yildan importni (XXR va Rossiyadan) toʼxtatish rejalashtirilgan.
Payvandlash elektrodlari uchun shixta (yonuvchi qobiq). Yillik ehtiyoj 14 000 t.
2024-yildan importni (XXR va Rossiyadan) toʼxtatish rejalashtirilgan.
Eksportga yoʼnaltirilgan texnologiyalar:
Qiyin payvandlanadigan konstruktsion poʼlat (titan, nikel, alyuminiy va boshq.) va qotishmalarni payvandlash uchun yangi flyuslar. Qalinligi 4 mm.dan ortiq metallarni bir oʼtishda, yuqori sifatda payvandlash imkonini beradi. Toshkent quvur zavodi va “Olmaliq KMK” АJda sanoat sinovlari oʼtkazilgan. Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) bilan Hyundai Shipping korxonalarida sinovlar oʼtkazish rejalashtirilgan. Аnalogi yoʼq.
Аgressiv muhitdagi metal yuzalarni korrozion turgʼunligini oshirish (8 martadan ortiq) uchun lok-boʼyoqlarni polimerlash uskunasi. Germaniyaning “SPS Group” va “PRE Infratherm” kompaniyalari bilan AUDI, BMW, MAN, DAIMLER korxonalarida sinovlar oʼtkazilmoqda. Аnalogi yoʼq.
Issiqxonalar uchun haroratni moʼtadillashtiruvchi nanokompozit plenka. Issiqxonalarni tashqi energiyasiz qizdirish va sovutish imkonini beradi, hosildorlik 50%ga ortadi. XXR va Ispaniyada 1 ga maydonda sinovlar oʼtkazilmoqda. Аnalogi yoʼq.
Global muammolarni yechishga qaratilgan innovatsion ishlanmalar:
“Yashil” vodorod olish texnologiyalari va materiallari;
Karbon tolalarini ishlab chiqarishni yangi texnologiyasi;
Is gazini yigʼish va issiqxonalarda qoʼllash uchun gʼovakli absorberlar.
Xalqaro kollaboratsiyasi:
Shuningdek, hozirda Rossiya aviatsion materiallar instituti bilan kosmik kemalarning termik himoya qobigʼi sinovlardan oʼtkazilmoqda;
Belarus MFА Materialshunoslik markazi bilan oʼta oʼtkazuvchanilik hususiyatiga ega materiallar yaratish va sinash ishlari olib borilmoqda.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.