Iqtidorli olim

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti Mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasimudiri b.f.n., yozuvchi Baxtiyor Rasulovning “Sulton Jaloliddin Manguberdi” romani nashr etildi.

Mazkur asar moʻgʻullarning Xorazmshohlar saltanatiga bosqini davridan sulton Jaloliddinning shimoliy Hindiston zaminida davlat tuzishigacha boʻlgan davr voqealarini hikoya qiladi. Asarda sulton Jaloliddin Manguberdining biz bilmagan qiyofa-qirralari ochiladi. Buyuk ajdodimimiz biz tarix kitoblarida oʻqiganimizdek nafaqat mohir sarkarda, balki din va millat himoyachisi, yurt jonkuyari hamdir.

Baxtiyor Rasulov (Baxtiyor Abdugʻafur) 1980-yili Namangan viloyatining Uychi tumani Yorqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti mikroorganizmlar biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

B.Rasulov juda koʻplab ilmiy ishlar, tadqiqotlar va 1 ta patent muallifi, xalqaro loyihalar faol qatnashchisi. Uning 100 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar eʼlon qilingan.