O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti

Direktor

Baxtiyor Zokirov Sobirjonovich

Kimyo fanlari doktori
ionxanruz@mail.ru
(+99871) 262-56-60
Bog'lanish
Manzil: 100170, Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek 77-a
Direktor: Baxtiyor Zokirov Sobirjonovich
Telefon: (+998 71) 262-56-60
Faks: (+998 71) 262-79-90
Sayt: http://ionx.uz

Institut tashkil qilingan yil 1933 yilning iyul oyida SredAzEKoSo Prezidiumining qaroriga binoan kimyo fakulteti qoshida kimyo tadqiqot instituti tashkil qilindi va 1940 yili SSSR fanlar Akademiyasining O‘zbekiston filialiga kirdi. 1943 yili O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tashkil qilindi. O‘zFAN negizida Kimyo instituti O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining birinchilar qatoridagi muassasadir. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining (5 iyun 1998 yildagi № 4/18-sonli) qaroriga binoan Kimyo instituti va O‘g‘itlar instituti negizida hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti (O‘zR FA UNKI) tashkil qilindi.Institutning maqsad va vazifalari O‘zR FA UNKI O‘zbekistonda kimyo yo‘nalishidagi eng yirik, ko‘p tarmoqli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bo‘lib, bu yerda kolloid va membrana kimyosi, neft kimyosi, silikat materiallari kimyosi, rangli va nodir metallar, o‘g‘itlar, defoliantlar va stimulyatorlar, kimyoviy texnologiya jarayonlari va uskunalari sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.Institutning asosiy yo‘nalishi – O‘zbekistonning yoqilg‘i va mineral hom ashyolarini kimyoviy yo‘l bilan kompleks qayta ishlashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish va innovatsion texnologiyalarini yaratishdan iborat. Institutning vazifalari: - O‘zbekistonning yangi konlaridan olinayotgan neftlarni chuqur qayta ishlashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘shimcha neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish; - metallurgiya chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini yaratish, rangli va noyob metallar ishlab chiqarishda import o‘rnini qoplashning dolzarb muammolarini hal qilish; - Markaziy Qizilkum fosforitlari asosida yangi turdagi fosforli o‘g‘itlar olishning samarali va tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish; - paxta va g‘alla o‘simliklari uchun samarali defoliantlar va o‘stirish stimulyatorlari olishning tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish; - mahalliy xom ashyolar asosida qurilish materiallari olishning yuqori samarali texnologiyalarini yaratish.