O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi

Direktor

 

Maqsudov Farhod Alijonovich

Tarix fanlari nomzodi
uzarchae@academy.uz
(+998) 71 2626462
Bog'lanish
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 81-uy
Direktor: Maqsudov Farhod Alijonovich
Telefon: (+998) 71 2626462
Faks: (+998) 71 2629531
Sayt: archaeology.uz

 

 

Institut1970 yil 19 avgustda O‘zbekiston Vazirlar Maxkamasining № 426 qarori asosida O‘zR FA Tarix va arxeologiya instituti bazasida tashkil etilgan. Arxeologiya instituti 1970 yil 30 sentyabrdan Samarqand shahrida o‘z faoliyatini boshladi va 1988 yilda institutga uning tashkil etilishida katta hissa qo‘shgan olim, O‘zRFA akademigi Yahyo G‘ulomov nomi berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish,boshqarish va moliyalashtirish niyatida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»qarori asosida YA. G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlari nstituti sifatida qayta tashkil etildi. Shu vaqtdan boshlab moddiy va ma’naviy madaniyat tarixini tiklash uchun qadimgi yodgorliklarni tadqiq qilish, O‘zbekistonning qadimgi davri yodgorliklarini davrlashtirish, mintaqaning sug‘orilishi tarixi, arxeologik yodgorliklarni restavratsiya va konservatsiya qilishning ilmiy uslublarni ishlab chiqish institutning asosiy tadqiqot sohalariga aylandi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston xalq xo‘jaligi qurilish hududlaridagi tarixiy madaniy yodgorliklar ro‘yxatini tuzish ishlarini tashkil etish kabi amaliy ishlar ham olib borila boshlandi.

Institut ilmiy xodimlarining tadqiqotlari tufayli tosh davriga oid o‘nlab: Paltou va Obiraxmat g‘or manzilgohlari, Ko‘lbuloq, Qo‘tirbuloq, Xo‘jamazgil kabi ochiq turdagi manzilgohlar, Uchtut, Ko‘lbuloq, Qopchig‘ay, Vaush singari tosh davri kremniy sanoati ustaxonalari, Qo‘shilish, Obishir g‘ori, Machay g‘ori kabi mezolit manzilgohlari; Amudaryo va Zarafshon havzalaridagi yuzlab neolit davriga oid manzilgohlar o‘rganilib, O‘zbekiston halqlarining qadimgi davrdagi madaniyati Yevropa va Janubiy – Sharqiy Osiyo madaniyatlari o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarganligi aniqlandi.

Bronza davri xususida yangi tadqiqotlar olib borildi. Shimoliy va Markaziy mintaqalardagi chorvador va dehqonchilik madaniyaiga oid Tozabog‘yob, Suyorgan, Zamonbobo madaniyatlarining Farg‘ona vodiysi hududidagi Chust madaniyatiga xo‘jalik-iqtisodiy jixatdan yaqin ekanligi isbotlandi.

O‘zbekiston janubida ilk marotaba fan uchun yangilik bo‘lgan, ilk dehqonchilik madaniyatiga oid aniq rejali turar joylar qurilishi, mustahkam mudofaa, murakkab me’moriy an’analar, maxsus hunarmandchilik sohalari – kulolchilik, metallurgiya, suyak va yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va zargarlik sohalariga ega bo‘lgan Sopolli madaniyati qashf qilindi. Bronza davriga oid bo‘lgan Jarqo‘ton yodgorligining tadqiq qilinishi natijasida, qadimgi Baqtriya tamaddunining bosh qarorgohga va yirik jamoat sajdagohi – ibodatxonaga ega bo‘lgan ilk shahar madaniyati ko‘z oldimizda namoyon bo‘ldi.

Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston ilk dexqonchilik madaniyati tarixini bir necha ming yilliklar qadim ekanligini isbotlab qolmasdan, balki bronza davri aholisining iqtisodiy, moddiy va ma’naviy madaniyatini hamda shahar hayoti vujudga kelishi yo‘llarini ochib berdi.

Respublikamizning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi qadim shaharlari tarixini o‘rganishga doir maxsus tadqiqotlar olib borildi. Afrosiyob shahar yodgorligida o‘tkazilgan sistematik qazuv ishlari natijasida uning vujudga kelishi bosqichlari, rivojlanishi dinamikasi xususidagi yangi ma’lumotlar olindi.

Buxoro, Termiz shaharlarining paydo bo‘lishi va iqtisodiy taraqqiyoti davri aniqlandi, G‘arbiy Sug‘d va Tohariston antik davri madaniyati, e’tiqodiy komplekslari va buddaviylik yodgorliklari ochib o‘rganildi.