Ilmiy hamkorlikning yangi qirralari

Joriy yilning 17-iyul kuni O’zR FA O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazida Hanyang universiteti qoshidagi Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi direktori, professor Gu So Yom bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, Yevro Osiyo tadqiqotlari jurnalida maqolalar, shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yangi tarixni o'rganishning uslubiy asoslari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida Markaz direktori M.A.Rahimov ushbu hamkorlik Markaz uchun muhim va istiqbolli sohalardan biri ekanini ta'kidladi. Shuningdek, M.A.Rahimov o'z hamkasbiga sovg’a sifatida Markaz tomonidan chop etilgan eng yangi monograflarni taqdim etdi.