Ilm-fan – bu kelajak!

Joriy yil 5-iyul kuni “O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va iqtisodiy rivojlanish integratsiyasi: muammolar va tezkor yechimlar tahlili” mavzusida Xalqaro press-klub o‘tkazildi. Unda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘likni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev,  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, FA ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlari va tegishli vazirliklar vakillari ishtirok etdi.

  

Xalqaro press-klubda O‘zbekiston ilm-fani rivojlanishidagi muammolar va ularning sabablari, ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash va kapital ta’mirlash, fan va ta’lim integratsiyasi, yoshlarni fanga qiziqtirish  kabi masalalar muhokama qilindi.