“FOLKLORShUNOSLIKNING DOLZАRB MАSАLАLАRI” mavzusida xalqaro konferentsiyaga taklif qilamiz!

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Аlisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi va Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2021-yil 4-mart kuni soat 10:00 da oʼzbek xalqining benazir folklorshunosi, akademik TOʼRА MIRZАYEV tavalludining 85 yilligiga bagʼishlab “FOLKLORShUNOSLIKNING DOLZАRB MАSАLАLАRI” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya oʼtkaziladi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz 5-tor koʼchasi, UzR FА Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti.