Fidoyilar taqdirlandi

OʼzR FA O'zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismailova, Temuriylar tarixi davlat muzeyi  direktori Xurshid Fayziyev hamda FА huzuridagi Oʼzbekistonnning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktori vazifasini bajaruvchi Kozimxon Sagdullayevlar Toshkentda yangi bunyod etilgan Gʼalaba bogʼini tashkil etish ishlaridagi faolligi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlarni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!