FА prezidenti Bexzod Yuldashev davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi

Davlatimiz Rahbari tomonidan OʼzR FА prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev mamlakatimizda ilm-fan sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi koʼp yillik samarali mehnati, nufuzli xorijiy ilmiy markazlar bilan oʼzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilgʼor innovatsion loyihalarni amalga oshirish ishlariga qoʼshgan munosib hissasi, yuqori malakali va intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yoʼlidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

FА prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev Sizni davlatimizning yuksak mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga sihat-salomatlik va faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O’zR FA jamoasi.