Diyorbek Bekmirzayev sho'ba mudiri etib tayinlandi

Hukumatning tegishli (29.10.2020 №664) qaroriga ko'ra, Diyorbek Abdugapporovich Bekmirzayev O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini muvofiqlashtirish sho'basi mudiri etib tayinlandi.

Diyorbek Bekmirzayev bunga qadar O'zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida ishlagan.