Bir guruh yoshlar "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun, 27-iyun kuni ma'naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg'usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro'si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko'rsatayotgan bir guruh yoshlar "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi katta ilmiy xodimi Mirzakamol Ayubov hamda Fizika-texnika instituti katta ilmiy xodimi Azizboy Xaitmuxamedovlar ham ushbu yuksak mukofotga loyiq deb topildi.

 

Davlatimizning ushbu yuksak mukofoti bilan taqdirlanganlarni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!