Bayramingiz qutlug’ bo’lsin aziz ayollar!

Tafti quyoshdan iliq va mehri cheksiz ummon bo`lgan, tabiatning betakror xilqati, uyimiz farishtasi, qalbimiz malikasi, munis va mo`tabar ayollar! Sizlar bor xonadonimiz fayzli, sizlar bor ko`nglimiz koshona va tole`imiz porloq!

Aziz ayollar, sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Hamisha hurmat va e`zozga sazovor bo`lib yashang, sizni also go`zallik tark etmasin! Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz!