Аrxiv xodimlari uchun seminar

OʼzR FА Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʼon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda vazirlik, idoralar va muassasalarning idoraviy arxivlarining masʼul xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi “Qatagʼon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʼrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash masalalari koʼrib chiqildi. Tadbirda Fanlar akademiyasi, “Oʼzarxiv” agentligi, Oʼzbekiston milliy kutubxonasi va bir qator tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.