Akademik Mahmud Salohiddinov tavalludining 85 yilligiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi

 2018-yil 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, akademik Mahmud Salohiddinov xotirasiga bagʻishlangan “Differensial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tadbiqlari” mavzusida Respublika ilmiy konferensiyasi oʻtkazildi. Unda OʻzR FA rahbariyati, FA Matematika instituti jamoasi hamda akademikning oila aʼzolari va shogirdlari, talabalar ishtirok etishdi. Konferensiyada FA prezidenti B.S.Yuldashev soʻzga chiqib, akademik M.Salohiddinov yuksak salohiyatga ega matematik boʻlganligini va oʻziga xos maktab yarata olganligini gapirib, bu sohadagi yutuqlariga hamda ilmiy merosiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, konferensiyada Fargʻona davlat universiteti professori A.Q.Oʻrinov, Qozogʻiston Milliy Fanlar akademiyasi akademiklari T.Sh.Kalmenov va M.A.Sadibekov hamda respublikamiz yetakchi matematik olimlarining differensial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tadbiqlariga doir ilmiy maʼruzalari tinglandi.