Akademik Izzat Sulton tavalludining 110 yilligi munosabati bilan konferensiya o'tkazildi

Izzat Sulton Otaxonovich — adabiyotshunos va dramaturg, O'zbek SSR xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1964), O'zbekiston FA akademiki (1995). Adabiyot shinavandalari qalbini zabt etgan eng yaxshi adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturglardan biri edi. Shuningdek, “Adabiyot nazariyasi” ilk darslik muallifi hamdir.

O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Izzat Otaxonovich Sultonov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folьklori instituti tomonidan  “Akademik Izzat Sulton ilmiy va adabiy faoliyatining o'zbek adabiyoti va san'ati rivojidagi ahamiyati” mavzusida ilmiy onlayn konferensiya tashkil etildi.

Unda akademiklar, taniqli adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyani Institut direktori N.Mahmudov ochib berdi. Shundan so'ng akademik N.Karimov, adabiyotshunos olimlar R.Barakayev, Q.Qahramonov, Z.Isomiddinov, B.Rajabova, M.Qo'chqorova, M.Otajonovalar so'zga chiqib, Izzat Sulton ijodi, uning o'zbek adabiyotiga qo'shgan hissasi va olim bilan bog'liq xotiralar haqida gapirdilar.

 

Olimning adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi fanida yetuk tadqiqotchi, shuningdek, katta hayotiy tajriba va boy bilimga ega bo'lgan, teatr va kino san'atlarining nozik bilimdoni va serqirra iste'dod sohibi bo'lganligi alohida ta'kidlandi.

Izzat Sulton yaratgan maktab, uning  eng yaxshi ilmiy va ijodiy an'analari shogirdlar tomonidan, albatta, davom ettiriladi.