Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yozgi matematika maktabi davom etmoqda!


O'zR FA Matematika instituti olimlari tashabbusi bilan talabalar va yosh olimlar uchun 2020-yilning 16 iyuldan haftaning seshanba (soat 11:00), payshanba (soat 11:00) va shanba kunlari (soat 08:00) da  "O'yinlar nazariyasiga kirish" mavzusida Yozgi matematika maktabi onlayn darslari o'tkazilmoqda.

2020-yil 8-avgust kuni “O'yinlar nazariyasiga kirish” mavzusida Yozgi matematika maktabining navbatdagi onlayn darsida Malayziyaning Putra universiteti professori G'ofurjon Ibragimov “Sodda harakatli differentsial o'yinlarda kafolatlangan tutish vaqti” haqida ma'ruza qildi. Ma'ruzada Pi- strategiyasini qo'llab sodda harakatli differentsial o'yinlarda kafolatlangan tutish vaqtining yuqori chegarasi topish masalasi o'rganildi. Ma'ruzada keltirilgan ma'lumotlar va misollar talabalarda ijobiy taassurot qoldirdi va ularning qizg'in muhokamalariga sabab bo'ldi.

Kuzatishda davom eting!

“O'yinlar nazariyasiga kirish” mavzusida Yozgi matematika maktabining onlayn darslari davom etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!