Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh tilshunos va adabiyotshunoslar anjumani


O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan yosh tilshunos va adabiyotshunoslarning “Izlanish samaralari” respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi. Anjumanni Institut direktori N.Mahmudov ochib berdi. U bugungi kunda yurtimiz yoshlarining dunyo ilm olamidagi mavqei, olib borayotgan tadqiqotlarining salmog‘i hamda ularning zimmasidagi majburiyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

Anjuman ishida yosh tilshunos va adabiyotshunoslarning turli mavzudagi ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, bugungi kunda yosh olimlarning oldidagi mas’uliyatli vazifalari, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarining saviyasi, ularni  dunyo hamjamiyatiga tanishtirish kabi  masalalar muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!