Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Yosh olimlar seminari


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi, Yosh olimlar kengashi hamda Botanika instituti rahbariyati tashabbusi bilan Botanika institutida 2019-yil 8-may kuni “Yosh olimlar ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi. Unda O‘zR FA Botanika, Zoologiya, Umumiy va noorganik kimyo instituti yosh olimlari, mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

      

Seminarda O‘zR FA Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboev o‘z tajribasidan kelib chiqib, yosh olimlar bilan tizimli ishlash faoliyatini rivojlantirish, ularning ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish va ommalashtirish, yosh olimlar maqolalarini xorijiy ilmiy jurnallarda chop etishda faol ishtirok etishlarini tashkillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek, O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi Aziz Ibragimov chet elning nufuzli jurnallarida maqola chop etish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Seminar so‘nggida yosh olimlar o‘zaro fikr almashdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!