Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yosh matematiklar” o‘quv markazi faoliyat yuritmoqda


2019-yil 9-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4387-sonli qaroriga muvofiq O‘zR FA Matematika instituti tuzilmasida 2019-yilning 1-avgustidan boshlab “Yosh matematiklar” o‘quv markazi faoliyat yuritib kelmoqda. O‘quv markazining asosiy maqsadi mamlakatimiz yoshlarining matematik bilimini va mantiqiy fikrlashini oshirishga qaratilgan.

O‘quv markazida abituriyentlarga, maktab o‘quvchilariga matematika fanidan ta’lim berish bilan birgalikda oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun maxsus kurslar tashkil etilgan bo‘lib,  ularning ilmiy faoliyatga dastlabki qadamlar qo‘yishiga zamin yaratilmoqda. Shuningdek, xalqaro matematika olimpiadasida qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirish maqsadida 2019 yilning 9-14 dekabr kunlari dastlabki o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv markazida asosan ilmiy darajaga ega xodimlar faoliyat yuritmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!