Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh ijodkorning “Birinchi kitobi”


Yurtimizda yosh ijodkorlarni qo’llab quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi hamda “Ijod” jamoat fondi tomonidan an’anaviy ravishda “Birinchi kitobim” loyhasi o’tkazilib kelinmoqda. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminarida qatnashgan, ijodiy ishlari saralanib, mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan 15 nafar yosh ijodkorning kitoblari taqdimoti joriy yilning 20-yanvar kuni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tantalali ravishda bo’lib o’tdi. Biz uchun quvonarlisi shundaki bu ijodkorlar orasida O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori institutining tayanch doktoranti Anvar Allambergenovning ham adabiy-tanqidiy maqolalardan iborat “Gullayotgan chechaklar” deb nomlangan kitobi ham tengdoshlari qatori o’n ming nusxada chop etildi.

Taqdimotda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar, dramaturglar hamda ko’plab adabiyot ixlosmandlari qantnashdi. Ustoz ijodkorlar nashr qilingan kitoblar borasida o’zlarining tanqidiy, tahliliy munosabatlarini bildirib o’tdi. Mualliflarning “Birinchi kitob”i katta mas’uliyat ekanligi takidlanib kelgusidagi o’qish va ijodiy ishlariga zafar tilagan holda ularga o’z tavsiyalarini berdilar. Anvar Allambergenovning “Birinchi kitob”i nashri uchun O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid mas’ul bo’lgan.

Kitobning dastlabki sahifasida “Prezidentimiz, uchinchi renessansning poydevorini quramiz, degan so’zlarni Anvar Allambergenovday iste’dodli farzandlarimizga ishonib aytganligini his etyapman.” deydi so’z boshi muallifi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog’iston xalq shoiri Rustam Musurmon. Kitobga kiritilgan maqolalarda asosan o’zbek va qoraqalpoq shoir hamda yozuvchilarining ijod namunalari tahlilga tortilgan. Biz O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti Anvar Allambergenovga ilmiy, ijodiy ishlarida omad tilaymiz!     


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!