Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangiyoʼlning Kengkechek mahallasidan sopollar bilan koʼmilgan qabr topildi


2020-yilning 16-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyoʼl tumani, Kengkechik mahallasi, Naʼmuna koʼchasi 1-uyda yashovchi Аbduvohid Umirzoqov hovlisida quduq qazish jarayonida bir necha sopol buyumlar va chirindiga aylangan suyak qoldiqlari chiqib qolgan. Bundan xabar topgan arxeolog akademik Аxmadali Аsqarov shogirdlariga (OʼzR FА Tarix istitutidan D.Normurodov, U.Ismoilov), OʼzR FА Milliy arxeologiya markazidan B.Isabekov va Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakultetidan X.Matyaqubov) topilgan ashyolarni olib kelishni aytadi. Quduq qazishilgan joydan olingan 11 dona sopol buyumlar ilmiy oʼrganish uchun OʼzR FА Tarix istitutiga olib kelindi.

Dastlabki taxminlarga koʼra olib kelingan sopol idishlar Toshkent vohasida keng tarqalgan arxeologik Qovunchi madaniyatining II bosqichi yaʼni II – IV asrlarga oidligi taxmin qilinmoqda va oʼrganilmoqda. Oʼrganish natijalari eʼlon qilinadi.

 

OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi k.i.x. Behzod Isabekov.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!